Pyanich "Barselona"da muammo nimadaligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97
"Barselona" klubidan "Beshiktosh"ga ijara asosida o'tgan yarim himoyachi Miralem Pyanich Ispaniya jamoasidagi muammolar haqida gapirib, yana bosh murabbiy Ronald Kumanga tanqidiy munosabatda bo'ldi.
"Klub hozir yaxshi davrni o'tkazmayapti. Natijalar muxlislarning xohishiga mos emas va bu futbolchilarga bosim o'tkazmoqda. Balki, ularga jamoani oyoqqa turg'iza oladigan yaxshi murabbiy kerakdir. "Barselona" yana avvalgi ko'rinishiga qaytadi, ammo bunga biroz vaqt kerak", - dedi Pyanich beIN Sports telekanaliga.
Manba: beIN SportsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!