"Bavariya" bosh murabbiyi o'z maydonidagi mag'lubiyatdan keyin jamoa futbolchisini himoya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Bavariya" klubi ustozi Nagelsmann "Frankfurt"ga mag'lubiyatdan keyin jamoa futbolchisi Dayo Upamekanoni himoya qilib fikr bildirdi. Undan bu haqda so'ralganda shunday deydi:
"Men Upamekano bilan o'yindan keyin hali gaplashishga ulgurmadim. Menda bundan g'amginroq payt bo'lmagan. Bu jarayon butun bir zanjir va ular bizdan yaxshiroq edilar. Upamekano bu erga kelganidan beri yaxshi o'yinlar o'tkazdi. Ammo bugun emas. U bugun kuchsizroq ko'rindi. Ammo futbolda bo'lib turadi. Hammada bo'lib turadi".
Myunxenliklar 30 ta o'yindan beri "Ayntraxt"ga o'z uyida mag'lub bo'lmagan edi. Shuningdek, ular so'nggi 12 ta uy o'yinida frankfurtliklarni er tishlatib kelgan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
421