Mbappe: «Agar sizlar mening ketishimni xohlamasangiz, men qolaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe jamoani shu yozda tark etmoqchi ekanligini, biroq bu amalga oshmaganligi haqida aytdi.
«Men ketmoqchi edim. O'sha paytda men shartnomani yangilamoqchi emas va klubim meni munosib transfer narxida sotishini xohlardim. Afsuski, bu amalga oshmadi. Bu klub menga ko'p narsa berdi, har doim bu erda baxtli edim va men hamon baxtliman. Men ularga: «Agar sen mening ketishimni xohlamasangiz, men qolaman», - deya aytdim», dedi Mbappe RMC Sport nashriga bergan intervyusida.
28 sentyabr kuni 22 yoshli frantsuz futbolchisi klubi bilan shartnomani uzaytirmagani uchun joriy mavsum oxirida Parij jamoasini tark etishi haqida xabar berilgandi. Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
420