«Real»ga taklif qilingan futbolchini «Bavariya» «ilib ketmoqchi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

«Leyptsig» yarimhimoyachisi Kristofer Nkunku «Bavariya»ga o'tishi mumkin. «Nemis mashinasi» yosh yarimhimoyachi uchun 50 million evro to'lashga tayyor, deb xabar beradi El Mundo Deportivo nashri. Manbaga ko'ra, futbolchini sotib olish yozda rejalashtirilgan.
Kristofer Nkunkuning «buqalar» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil 30 iyunga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda doirasida futbolchi 8 ta o'yin o'tkazdi, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, biroz avval futbolchining xizmati uning agenti tomonidan Madridning «Real» klubiga taklif qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288