«Manchester Yunayted» va Pogba o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

«Manchester Yunayted» rahbariyati va frantsiyalik yarimhimoyachi Pol Pogba o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Daily Mail nashri xabariga ko'ra, «qizil iblislar» futbolchiga yillik maoshi 24 million evro bo'lgan yangi shartnoma taklif qilgan. Shu bilan birga, mankuniyaliklar taklif qilingan kelishuvning oxirgi muddatini 25 dekabrgacha belgilab qo'yishdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Pogba manfaatlarini himoya qiluvchi agent Mino Rayola klub taklifidan qoniqmagan. Ehtimol, Pol yangi shartnomadan voz kechadi va erkin agent sifatida Evropaning boshqa grandiga o'tadi. «Real» va «PSJ» frantsuzga yiliga 30 million maosh to'lashga tayyor.
Pogbaning mankunianliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozigacha hisoblangan. Uning narxi 60 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
189