«Real» yarimhimoyachisiga Amerika chempionatidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

36 yoshida «Real»da ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Luka Modrichga kutilmagana Amerika chempionatidan taklif chiqdi. Bu haqda todofichajes.com nashri xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, David Bekxemning «Inter Mayami» jamoasi xorvat futbolchisini o'z safiga taklif qilmoqchi.
O'tgan transfer oynasi vaqtida ham MLS klubi Lukani xarid qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq ushbu bitim amalga oshmagandi.
Yaqinda chiqqan xabarlarga ko'ra, Bekxem bir necha bor xorvatiyalik futbolchiga qo'ng'iroq qilib, uni ishontirishga harakat qilgan va jamoada birga ishlashni xohlashini ta'kidlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192