Markinos va uning jamoasiga nima etishmadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

«PSJ» himoyachisi Markinos Frantsiya chempionati navbatdagi turi doirasidagi «Renn»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«O'ylaymanki, biz maydonda etarlicha samarali harakat qila olmadik. Bizda imkoniyatlar bo'ldi, lekin o'yin g'alati, juda ochiq edi.
O'yin boshlanishi biz uchun qiyin bo'lib chiqdi, chunki «Renn» juda dadil harakat qildi, ular yaxshiroq kayfiyatda ekanligini isbotladi.
Birinchi bo'lim oxirida biz yaxshiroq o'ynadik. Ko'p vaziyatlarni yarata oldik, biroq foydalanish foizi juda past edi. O'tkazib yuborilgan gollar yo'q joydan yuzaga keldi.
Bizga asosan sovuqqonlik etishmadi. Aks holda charchoq haqida gapirmas edik», - deydi Markinos.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205