«Real» «Inter» himoyachisini yarim narxiga sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

«Inter» markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar qishda jamoasi ro'yxatini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Fichajes.net nashri xabar qilmoqda. Manbada aytilishicha, slovakiyalik markaziy himoyachiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasini 2023 yilda tugatadi va kelasi yili yozda u «neradzurrilar» safini erkin agent maqomida tark etishi mumkin. Shu sababli, milanliklar Shkrinyarni yarim narxiga bo'lsada qishda sotib yuborishni mo'ljallamoqda.
«Real» esa futbolchi uchun taxminan 30 mln evro atrofida to'lashi mumkinligini ma'lum qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209