Traore uzoq muddatga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Donetskning «Shaxtyor» klubi hujumchisi Lassina Traore jarohati tufayli kamida 7 oyni o'tkazib yuboradi, deb xabar beradi Pro Football.
Futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan «Inter»ga qarshi uchrashuvda (0:0) og'ir jarohat oldi va allaqachon operatsiya qilingan.
20 yoshli Traore «Shaxtyor»ga 2021 yilning yozida «Ayaks»dan kelib qo'shilgan edi. Uning transfer summasi 10 million evroni tashkil etdi.
Bu mavsum u klubi safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211