Rio Ferdinand yaqinda Kezani APL klublariga o'tishi mumkinligini yashirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

«Manchester Yunayted» fsonaviy futbolchisi Rio Ferdinand «Yuve» hujumchisi Fediriko Kezaning o'yiniga yuqori baho berdi.
«U juda ajoyib o'yinchi va uni Angliyaning bir nechta klublari bilan jamoaga taklif qilmoqchiligi rost va bu yaqinda amalga oshishi ham mumkin. Fedirikoning qanchalik kuchli futbolchiligini Evropa chempionatida ko'rdik. U turnirda g'olib chiqqan italiyaliklar uchun asosiy futbolchisi edi. Keza zamonaviy futbolchi, u hujum chizig'ining istalgan joyida o'ynay oladi va maydonda ham o'zini qulay his qiladi», deydi Rio Ferdinand BT Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, yaqinda «Chelsi» Kezani jamoaga taklif qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi. O'tgan mavsumda «Yuve» safida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 9 golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Bosh sahifaga
187