"Menimcha bunday yoshda "Siti"ga o'tish ahmoqlik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Luka Nets "Manchester Siti"ga o'tish taklifini rad qilganini aytdi.
18 yoshli futbolchining aytishicha, uch yil oldin Premer-liga klubi unga jamoaga qo'shilishni taklif qilgan, u esa bu transferdan bosh tortgan.
"Menimcha, bunday yoshda "Man Siti"ga o'tish ahmoqlik. Agar ular hozir boshqa taklif berishsa ham, men rad etardim.
Menda aniq reja bor va Premer-ligaga borishim uchun hali erta. Men uchun "Borussiya"da o'ynash, tajriba to'plash va barqaror rivojlanish muhim , - dedi Nets.
Nets - Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri. Futbolchi yanvar oyida Germaniya chempionatida debyut qilgan edi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209