«Tottenxem» sobiq futbolchisi bugun La Liga klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

«Tottenxem» sobiq futbolchisi, hozirgi kunda erkin agent bo'lgan himoyachi Serj Ore bugun «Vilyarreal» bilan shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri.
Manbaga ko'ra, kecha ivuarlik himoyachi Ispaniya La Ligasi 8-tur doirasidagi «Vilyarreal» - «Betis» uchrashuv paytida «sariq suv osti kemasi» uy stadioni tribunalarida ko'rinish bergan.
«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri himoyachi bilan shartnoma imzolashi mumkinligini inkor etmadi.
«Bu variant klubda muhokama qilinmoqda, lekin hozircha boshqa hech narsa deyish mumkin emas», dedi Emeri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302