"Real Madrid" himoyani kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"Real Madrid" "Villyarreal" himoyachisi Pau Torresni sotib olishni o'ylamoqda, deya xabar berdi "Marca" nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, "Villyarreal" futbolchini 50 million evroga qo'yib yuborishga tayyor. Avvalroq, nashrda ispaniyalikka "Manchester Siti" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
O'tgan mavsumda Torres "sariq suvosti kemasi" tarkibida 44 o'yinda maydonga tushib, 3 gol urdi va 2 golga uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million evroga baholamoqda.
Manba: MarcaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196