"Atletiko"ning asosiy futbolchilari jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

La Liganing 8-turidan o'rin olgan "Barselona" bilan o'yindan so'ng (2:0) "Atletiko"ning ikki futbolchisi jarohat oldi.
Yarim himoyachi Markos Lorente o'ng son mushaklarida og'riq sezmoqda. U tibbiy ko'rikdan o'tadi va fizioterapiya muolajasidan so'ng individual dastur bo'yicha shug'ullanadi.
U oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Ispaniya terma jamoasi safiga bormaydi. Uning o'rnini "Tottenhem" yarim himoyachisi Brayan Gil egallaydi.
Shuningdek, Stefan Savich ham jarohat oldi - uning chap sonining mushaklari shikastlangan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210