«MYu» Pogba masalasini hal qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Futbolchi esa shartnomani muhokama qilishdan bosh tortmoqda. Mankunianliklar endi chidash niyatida emas. Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» yaqin uch oy ichida muzokara o'tkazishga tayyor.
Agar Pogba Rojdestvodan oldin (25 dekabr) qaror qabul qilmasa, «Manchester Yunayted» futbolchini o'z tarkibida olib qolmaydi. Avvalroq mankunianliklar Pogbaga haftasiga 400 ming funt to'lashga tayyor ekani haqida xabar berilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257