«Real»ning uch nafar o'yinchisi «Espanol»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

«Real»ning uch nafar futbolchisi jarohati sabab jamoaning keyingi o'yinini o'tkazib yuboradi deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
Gap yarimhimoyachilar Isko va Marko Asensio, shuningdek hujumchi Mariano Dias haqida ketmoqda. Jurnalist Migel Anxel Diasning so'zlariga ko'ra, Asensioda beli bilan bog'liq muammo mavjud, Iskoda ham shunga o'xshash vaziyat, Mariano esa mashg'ulotlar chog'ida to'pig'idan zarba qabul qilib olgan.
Ushbu futbolchilarning tiklanish vaqti hali oshkor qilinmagan. Eslatib o'tamiz, bugun «Espanol» - «Real» o'yini 19:15da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277