APL klubi bosh murabbiysiz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Uotford" klubi bosh murabbiy Xisko Munosning iste'fosi haqida e'lon qildi.
Klub rasmiy saytida berilgan bayonotga ko'ra, jamoaning so'nggi paytdagi muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli amaldagi murabbiy bilan kelishuv bekor qilingan.
Xisko "Uotford"ni 2020-yil dekabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi va uning qo'l ostida jamoa 2020/21-yilgi mavsum so'nggida Premer-liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu mavsumda jamoa Angliya chempionati turnir jadvalida 7 o'yindan so'ng 7 ochko to'plab 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270