«Barselona» Kumanni iste'foga chiqarishga shoshmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman bugun-erta iste'foga chiqarilmaydi, deya xabar tarqatdi Sport.es.
Manbaga ko'ra, niderlandiyalik mutaxassis kamida La liganing 8-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Atletiko»ga qarshi o'yingacha jamoa boshqaruvida qoladi. Eslatib o'tamiz, Kuman diskvalifikatsiya tufayli mazkur bahsni o'tkazib yuboradi.
«Barselona» prezidenti Joan Laporta printsipial raqibga qarshi o'yin arafasida klubdagi vaziyatni murakkablashtirib yubormaslik uchun bosh murabbiyni iste'foga chiqarishga shoshilmayapti. Rahbariyat Kuman boshchiligidagi jamoaning o'sishiga umid qilmoqda.
Niderlandiyalik murabbiyning kelajagi borasida «Atletiko»ga qarshi o'yindan keyin o'ylab ko'riladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277