Kumanning kursisi qimirlab qolgan. Uning o'rniga asosiy nomzod ma'lum!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291

«Benfika»dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng katta ehtimol «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman iste'foga chiqariladi.
Rahbariyat allaqachon niderlandiyalik mutaxassisga o'rinbosar izlashni boshlab yuborgan. Mundo Deportivo nashri ma'lumotlariga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyovni yangi bosh murabbiy lavozimiga ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Lyov o'tgan Evropa chempionati so'nggida Germaniya terma jamoasi bosh postini tark etgandi, o'shanda Bundestim hatto chorak finalga ham chiqa olmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238