Ronaldu yubiley uchrashuvida maydonga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi guruh bosqichining «Vilyarreal»ga qarshi o'yinida (2:1) g'alaba golini kiritdi.
Bu bahs portugaliyalikning professional faoliyati davomida klub miqyosidagi 900-uchrashuvi bo'ldi. Bu vaqt ichida Ronaldu raqiblari darvozasiga 679 ta gol urib, 48 ta xet-trikni rasmiylashtirgan. U klubdagi faoliyati davomida 23 ta sovrinni qo'lga kiritgan.
«Vilyarreal» bilan o'yindan so'ng Krishtianu shuningdek, Chempionlar Ligasi tarixidagi o'yinlar soni bo'yicha birinchi o'ringa chiqib olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269