Frenki De Yong bunga ishonadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki De Yong Chempionlar Ligasining 2-turida "Benfika"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng, oldinda vaziyatni to'g'irlash uchun ko'p o'yinlar borligini aytdi.
"Oldinda hali ko'p o'yinlar bor. Agar biz ularda g'alaba qozona olsak, bizda imkoniyat bo'ladi. Men hali ham guruhdan chiqishimizga ishonaman. Barchamiz kurashni davom ettirishimiz, birdam bo'lishimiz kerak. Bu vaziyatdan chiqishning yagona yo'li astoydil xarakat qilishdir", - deya so'zini yakunladi niderlandiyalik futbolchi.
Hozirda kataloniyaliklar guruhda ikki turdan keyin, 0 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinda borishmoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255