Kuman yirik hisobdagi mag'lubiyat sababini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida bo'lib o'tgan "Benfika"ga qarshi o'yin (0:3) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bunday natijani qabul qilish qiyin. Hisob maydondagi harakatlarga mos bo'lmadi. Biz o'tkazib yuborilgan ikkinchi golgacha yaxshi o'ynadik. "Barselona" yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldi. Birinchi va ikkinchi gollarda mudofaada yaxshi o'ynashimiz kerak edi. Hozirda ko'p jamoalar jismoniy jihatdan bizni ortda qoldirmoqda. Bizning muammomiz nimada ekanini barcha biladi. Hozirgi jamoani avvalgi yillardagi "Barsa" bilan taqqoslash kerak emas. O'yinlar meni qo'llab-quvvatlashmoqda, rahbariyatni esa bilmadim", - dedi Kuman.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248