Levandovski Chempionlar ligasi rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski myunxenliklar safida Evropa chempionlar ligasi doirasidagi ketma-ket 18-o'yinda g'alaba qozonib, turnir rekordini o'rnatdi.
Polshalik futbolchining g'alabali seriyasi 2019 yilning 18 sentyabridan boshlangan edi. Eslatib o'tamiz, "Bavariya" o'tgan mavsumda EChLning chorak final bosqichida "PSJ"ga yutqazib, musobaqani tark etgandi. Levandovski esa jarohat tufayli o'sha o'yinlarni o'tkazib yuborgan edi.
33 yoshli Levandovski joriy mavsumda "Bavariya" safida barcha musobaqalar doirasida 9ta o'yinda ishtirok etib, 13ta gol muallifiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242