EChL. "Yuventus" "Chelsi" o'yinini yagona gol hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida "Yuventus" o'z maydonida "Chelsi"ni qabul qildi.
Bahsning birinchi bo'limi teng kurashlar ostida kechdi. Lukaku o'yinning 7-daqiqasida burchakdan erlatib uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi "Yuve" posboni Shesnii to'pni egallab oldi. Bu taymdagi yagona aniq zarba bo'lib qoldi. Shuningdek, Markos Alonso hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
Ikkinchi taymni mezbonlar tezkor gol bilan boshlashdi. 46-daqiqada Federiko Bernardeskining uzatmasidan so'ng deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Keza Mendini ojiz qoldirdi. Goldan so'ng "aristokratlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel birdaniga uch o'zgarish amalga oshirdi. O'yin so'nggida mexmonlar bosimni kuchaytirishdi, 87-daqiqada jarima maydonchasiga oshirilgan to'p Daniloning qo'liga tekkandek bo'ldi ammo hakam VARni tinglagandan so'ng penalti yoq degan qarorga keldi. Shunday qilib, "keksa sinora" qiyin kechgan o'chrashuvni g'alaba bilan yakunladi va turnir jadvalida 6 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylandi.
Evropa Chempionlar Ligasi, 2-tur, "H" guruhi
"Yuventus" Italiya - "Chelsi" Angliya 1:0 (0:0,1:0)
Gol: 1:0 - 46 Federiko Keza
Yuventus – Shesnii, Danilo, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Rabo (Makkenni, 77), Lokatelli, Bentankur (Kellini, 83), Kuadrado, Bernardeski (Kulusevski, 66), Keza (Kin, 77).
Chelsi – Mendi, Aspilikueta (Loftus-Chik, 62), Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Barkli, 75), Alonso (Chiluell, 46), Kovachich, Jorjino (Chaloba, 62), Ziesh (Xadson-Odoi, 62), Xavertts, Lukaku.
Ogohlantirishlar:
Alonso (18), Ziesh (61), Ryudiger (65), Kuadrado (89).

Bosh sahifaga
208