Krishtiano La Ligaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

«Sherif» himoyachisi Krishtiano da Silva Evropaning bir qator klublarini o'z o'yinlari bilan qoyil qoldirmoqda.
Avvalroq «Atletiko» futbolchiga qiziqish bildirgan bo'lsa, hozirda «Sevilya» uni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.
Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda nihoyasiga etadi. Krishtiano Chempionlar ligasi guruh bosqich ikkita o'yinida maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasining 6 ochko to'plashiga katta yordam berdi.
Eslatib o'tamiz, hozirda «Sherif» o'z guruhida «Real», «Inter» va «Shaxtyor»ni ortda qoldirib, birinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283