«Atalanta»da Gosensga o'rinbosar topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Italiyaning «Atalanta» klubi himoyachisi Robin Gosens jamoani tark etishga yaqin.
Rahbariyat hozirdanoq uning o'rniga boshqa variantlarni qidirishni boshlab yuborgan. Bergamoliklar nemis futbolchisining kelasi yozda klubini o'zgartirishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Unga bir qator top klublar qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Atletiko», «Bavariya», «Inter» hamda «Yuventus» bor. Jamoa Gosensga o'rinbosar sifatida «Vilyarreal»dan Alfonso Pedrasani nishonga olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238