Sobiq frantsuz futbolchisi EChLda qaysi jamoaning imkoniyati yuqqori ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Sobiq frantsuz futbolchisi Robert Pires «Bavariya»ning o'yinlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bavariya»ning har bir pozitsiyasida jahon darajasidagi futbolchilar bor va shuning uchun ular Chempionlar Ligasida g'olib chiqish uchun asosiy favorit hisoblanadi. Hozir men Evropada ulardan kuchliroq jamoani ko'rmayapman. Qiziq, Devis qanday tezlikda yugurishi mumkin? Katta ehtimol bilan bu Evropadagi eng tezkor futbolchi.
Oxirgi marta men 3:0 hisobida g'alaba qozongan «Barselona»ga qarshi o'yinda bu jamoaga qoyil qoldim. Men tayanch zonasida Kimmix - Goretska dueliga qoyil qolaman. Ular bir-birini mukammal ravishda to'ldiradi va jamoaning birligi, muvozanati uchun juda muhimdir. Ularning jismoniy va atletik tayyorgarligi juda ajoyib», - deydi Pires.

Bosh sahifaga
237