Insine: «Men uchun asosiysi klubga foyda keltirish»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

«Napoli» hujumchisi Lorentso Insine Evropa Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi «Spartak» bilan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Spartak» maydonimizga g'alaba qozonish uchun kelayotganini tushunib turibmiz, shuning uchun biz bahsga 100 foiz kuchimizni berishimiz kerak. Maqsadimiz - Evropa Ligasi finaliga chiqish.
Gollar soni bo'yicha Maradonaga yaqin kelganimiz haqida ko'p yozishmoqda. Biroq bu borada buyuk afsonani ortda qoldiraman deb o'ylamayman (Insineda to'rtta gol qolgan).
Men uchun asosiysi klubga foyda keltirish», - deya Insinening so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232