Spaletti jamoasini muhim bahs kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

«Napoli» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Evropa Ligasi guruh bosqich 2-turidan o'rin olgan «Spartak»ga qarshi o'yin oldidan jamoasining holati haqida gapirdi.
«Biz ayni dam tiklanish jarayonlarini boshdan o'tkazmoqdamiz. Shifokorlar futbolchilarning holatini yaqindan kuzatib borishadi.
Futbolchilarning o'zi tiklanish va tibbiy muolajalar muhimligini yaxshi bilishadi, bundan tashqari ular maydon tashqarisidagi rejimni yaqindan kuzatib borishmoqda.
Biroq buni jurnalistlar ko'ra olmaydi. Agar sizda barcha qoidalarga amal qiluvchi futbolchilar bo'lsa, ishlash ancha oson kechadi.
«Spartak» o'z maydonida birinchi o'yinda mag'lub bo'ldi. Ular sifatli o'yin o'tkazishdi, lekin 93 -daqiqada gol o'tkazib yuborishdi.
Ertaga ular uchun turnirdagi eng muhim uchrashuv bo'lishini kutyapman. Mag'lubiyatga uchragan taqdirda, jamoa deyarli imkoniyatlaridan mahrum bo'ladi. Bu uchrashuvga shu sababli engil qarab bo'lmaydi», — deydi Spaletti.

Bosh sahifaga
222