«Manchester Yunayted» futbolchisi EChLda ikki o'yinga chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

Himoyachi Aaron Uan-Bissaka «Manchester Yunayted»ga nafaqat 29 sentyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi, balki Chempionlar ligasining 20-oktabr kuni «Atalanta»ga qarshi o'yinida ham yordam bermaydi.
Goal.com nashri xabariga ko'ra, UEFA Van-Bissakani «Yang Boyz»ga qarshi uchrashuvdagi qo'pol qoidabuzarligi uchun ikkita o'yinda diskvalifikatsiya qilgan. Eslatib o'tamiz, ushbu bahsda Bissaka raqibga nisbatan o'ta qo'pol o'ynagan va qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgandi.
«Manchester Yunayted» - «Vilyarreal» uchrashuvi 29 Sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241