Jakaning jarohati borasida ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

«Arsenal» yarimhimoyachisi Granit Jaka tizzasidan olgan jarohati tufayli uch oyni o'tkazib yuboradi, deb xabar beradi ingliz klubi rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Jaka Angliya Premer-ligasining o'tgan turdagi «Tottenxem» bilan o'yinda (3:1) jarohat olgan edi. Tibbiy ko'rik paytida 29 yoshli futbolchining tizzasidan jiddiy jarohat olgani aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, yarimhimoyachiga operatsiya kerak bo'lmaydi. Jaka allaqachon tiklanish jarayonini boshlagan, bu taxminan uch oy davom etadi.
Jaka 2016 yilda Myunxengladbaxning «Borussiya» klubidan «Arsenal»ga o'tgan. Joriy mavsumda shveytsariyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining 4ta o'yinida ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246