«Nasaf»ning biryo'la 3 futbolchisi OFK kubogida tengsiz bo'lib turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Qarshining "Nasaf" klubidan biryo'la 3 futbolchi OFK e'tirofiga ko'ra Osiyoda tengsiz deb topilgan. Ular: Husayn Norchaev, Sherzod Nasrullaev va Oybek Bozorov.
To'purar
OFK kubogi o'yinlarini tahlil qilgan OFK har bir yo'nalishda eng yaxshilarni aniqlab chiqdi. Hozircha 19 yoshli Husayn Norchaev yagona to'purar bo'lib turibdi.
Husayn Norchaev, "Nasaf" – 6
Elman Tagaev, "Ahal" – 5
Altimirat Annadurdiev, "Altin Asir" – 4
Ronald Ngah, "As-Salt" – 4
Ahmad Akaychi, "Kuvayt" – 4
Assistentlik
Norchaev eng yaxshi to'purar bo'lib turgan bo'lsa, "Nasaf"ning yana bir futbolchisi Sherzod Nasrullaev golli pas berish bo'yicha etakchilik qilmoqda.
Sherzod Nasrullaev, "Nasaf" – 5
Abdulvahob Al-Mavlud, "Al-Muharraq" – 4
Rasul Hojaev, "Ahal" – 3
Udanta Singh, "Bengaluru" – 2
Kornelius Styuart, "Maziya Sports & RC" – 2
Dribling
Raqiblarni mohirona ortda qoldirishda Oybek Bozorovga teng keladigani topilmadi. 24 yoshli hujumchi ayni paytda 12 marta dribling qilgani bilan etakchilikni egallab turibdi.
Oybek Bozorov, "Nasaf" – 12
Mirlan Murzaev, "Dordoy" – 11
Hassan Matuk, "Al-Ansar" – 11
Robino, "Bashundhara Kings" – 11
Hamza Muhammad, "Maziya Sports & RC" – 10
Imkoniyat yaratish
Imkoniyatlar yaratish bo'yicha birinchilikni olmagan bo'lsa-da, "Nasaf"ning legioner futbolchisi Marko Stanoevich 4-o'rinda qayd etildi. Birinchi o'rinni xitoylik futbolchi ilib ketdi.
Vu Chun-Ching, "Taynan Citi" – 17
Abdulvahob Al-Mavlud, "Al-Muharraq" – 16
Ahmad Israivah, "As-Salt" – 15
Marko Stanoevich, "Nasaf" – 13
Kim Seung-Yong, "Li Man" – 12
Duellarda ustunlik
OFK o'yinlarida yakkalik kurashlarda ustun kelish bo'yicha Oybek Bozorov 1 ta ochko farq bilan etakchilikni qo'ldan boy bermoqda. Hali oldinda final o'yini borligini hisobga olsak, bunda ham oldinga chiqib olish imkoniga ega.
Mahmud Abu Varda, "Markaz Balata" – 30
Artyom Serdyuk, "Xo'jand" – 30
Oybek Bozorov, "Nasaf" – 29
Adham Al-Quraishiy, "As-Salt" – 27
Eldor Moldojunusov, "Oloy" – 26
Zarbalar
Darvoza tomon zarbalar berish samaradorligi bo'yicha to'purar Husayn Norchaev ikkinchi o'rinda qayd etilgan. "Ahal" futbolchisi Elman Tagaev hozircha birinchi o'rinda bormoqda.
Elman Tagaev, "Ahal" – 35.7%
Husayn Norchaev, "Nasaf" – 27.2%
Altimirat Annadurdiev, "Altin Asir" – 25%
Xolid Salom, "Markaz Balata" – 23%
Gil, "Li Man" – 21%

Bosh sahifaga
191