«Paxtakor» O'zbekiston chempionatida o'ynagan barcha jamoa ustidan g'alaba qozongan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

«Paxtakor» Superligada o'ziga raqib bo'lgan 38 jamoaning barchasini enggan, deb xabar qiladi klub matbuot xizmati.
O'zbekiston chempionatining 20 -turida «Turon»ni mag'lub etgandan so'ng, «sherlar» Superligada o'zi bilan to'qnash kelgan 38 jamoaning barchasi ustidan g'alaba qozona olgan.
Yaypan klubi O'zbekiston chempionatida toshkentliklarga raqib bo'lgan 38-jamoaga aylangandi. Birinchi davrada durang qayd etilgandi. Shanba kuni «Paxtakor» stadionida ushbu raqibdan ustun kelgach, Toshkent klubi chempionatlarda o'zi bilan maydonga tushgan barcha jamoani enggan klubga aylandi. Chempionatlarda raqiblar bilan o'zaro qarama-qarshiliklarda «Paxtakor» salbiy ko'rsatkichga ega bo'lmagan yagona klub hisoblanadi, deb qo'shimcha qilinadi xabarda.

Bosh sahifaga
196