«Real» Chempionlar ligasida 51-penaltini tepdi. «Qirollik klubi» faqat bir jamoadan orqada
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

«Real» hujumchisi Karim Benzema Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida «Sherif»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (1:2) penaltidan gol urdi.
"Qirollik klubi" uchun mazkur 11 metrli jarima zarbasi EChL tarixidagi 51-penalti bo'ldi. «Real» ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi pog'onani egallab turibdi. Rekord esa «Barselona»ga tegishli bo'lib, kataloniyaliklar raqiblari darvozasiga tomon 53 marta penalti zarbasini yo'llashgan.
Bundan tashqari, Chempionlar ligasida «Bavariya» (48), «Manchester Yunayted» (34), «Chelsi» (31), «Yuventus» (30), «Arsenal» (30), «Portu» (27), «Manchester Siti» (24) va «Liverpul» (20) foydasiga penalti belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196