Messi Benzemaning rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

«PSJ» Chempionlar Ligasi 2021/2022 yilgi mavsumi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida Angliyaning «Manchester Siti» klubini o'z maydonida qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda parijliklar hujumchisi Leo Messi klub safidagi debyut golini kiritishga erishdi.
Messi UEFA Chempionlar Ligasida ketma-ket 17 o'yinda gol urgan ikkinchi futbolchi bo'ldi, deb yozadi UEFA matbuot xizmati tvitterdagi sahifasida. Bu natijaga birinchi bo'lib «Real Madrid» hujumchisi Karim Benzema erishdi.
Eslatib o'tamiz, «shaharliklar»ga qarshi o'yinda Messi «Pari Sen-Jermen» EChLdani debyut uchrashuvini o'tkazdi. Yangi klub tarkibida u to'rtta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va jami 280 daqiqa maydonda o'tkazdi.

Bosh sahifaga
249