Noyer EChL tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3051
“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer “Liverpul”ga qarshi o'yinda yubileyini nishonladi.
32 yoshli futbolchi evrokuboklarda o'zining 100-o'yinini o'tkazdi. Shu tariqa, Noyer bunday natija ko'rsatgan to'rttinchi germaniyalik futbolchiga aylandi.
Ungacha yuzlik dovonni, Filipp Lam (112), Tomas Myuller (105) va Oliver Kan (103) zabt etgan.
Shu bilan birgalikda, “Bavariya” posboni EChL tarixida yuzta o'yin o'tkazgan oltinchi darvozabon bo'ldi.
Avvalroq bu ko'rsatkichni Oliver Kan (103), Viktor Valdes (106), Petr Chex (111), Janluiji Buffon 122) va Iker Kasilyas (175) qayd etishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!