EChL. «Bavariya» - "Dinamo Kiev". Bog'liqliklar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Xabaringiz bor, bugun Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-turi doirasida Myunxenning «Bavariya» klubi Ukraina grandi "Dinamo Kiev"ni qabul qiladi.
Mazkur uchrashuvdan oldin bir qancha bog'liqliklarni taqdim etamiz.
Bog'liqliklar
Levandovski va Tomash Kejiora Polsha terma jamoasida birga harakat qilishadi.
Oleksandr Karavaev joriy yilning 24 mart kuni JCh-2022 saralashi doirasidagi Frantsiyaga qarshi bahsda (1:1) Sergey Sidorchukka golli uzatmani amalga oshirgan. O'shanda frantsuzlar safida Kingsli Koman, Luka Ernandes hamda Benjamin Pavar maydonga tushishgan.
Mikola Shaparenko JCh saralashi doirasida 4 sentyabr kuni o'tkazilgan Kingsli Komanning Frantsiyasi darvozasiga gol urishga erishgan. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan tugagan.
Marsel Zabitzer Evro-2020 guruh bosqich 3-turidan o'rin olgan Ukrainaga qarshi bahsda 90 daqiqa harakat qilgan. Mazkur bahsda Avstriya 1:0 hisobi bilan g'alaba qozongan. O'yinda Ukraina terma jamoasi uchun Georgiy Bushan, Karavaev, Ilya Zabarni, Vitali Mikolenko, Shaparenko, Sidorchuk, Viktor Tsigankov va Artyom Besedin o'ynashgan. Ikkala terma jamoa ham nimchorak finalga yo'l olgandi.
2020 yilning 14 noyabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida o'tgan Germaniya - Ukraina bahsida 3:1 hisobi qayd etilgan va mazkur o'yinda Leroy Sane nomini tabloga yozdirib qo'ygan, Leon Goretska esa ikki golga hammualliflik qilgan.
2020 yilning 10 oktyabrida «Olimpiskiy» stadionida o'tgan uchrashuvda esa Goretska Germaniyaga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylanagan (2:1).
2020 yilning 7 oktyabr kuni o'rtoqlik o'yinida Frantsiya Ukrainani 7:1 hisobida mag'lub etgan. Tolisso ham gol urgandi. Bushan, Tsigankov, Zabarni, Mikolenko va Shaparenko ham ushbu bellashuvda qatnashishgan.
Kedjiora 2019 yilning 21 mart kuni Evro-2020 ga saralashi doirasidagi Polsha - Avstriya o'yinida Zabitser jamoasiga gol urgan. Levandovski ham 1:0 bilan tugagan o'sha uchrashuvda harakat qilgan.
2011 yilning 11 noyabr kuni (11.11.11) o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Myuller Ukraina darvozasini ishg'ol qilgan. Bahs durang natija (3:3) bilan yakuniga etgan.
Eslatib o'tamiz, «Bavariya» - "Dinamo Kiev" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.
Manba: uefa.com
Bosh sahifaga
228