EChL. «Real Madrid» - «Sherif» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan «Real Madrid» va «Sherif» o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'ldi.
Unga ko'ra, «Sherif» darvozaboni Georgios Atanatsiadis eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.
28 yoshli grek ushbu o'yinda 10ta seyvni amalga oshirdi. U penaltidan yagona golni o'tkazib yubordi.
«Real» uchun penaltidan yagona gol Karim Benzema tomonidan kiritildi. Mehmonlar orasida Jasur Yaxshiboev va Sebastyan Till gol urishdi.
«Sherif» « D» guruhida ikkinchi turdan so'ng peshqadamga aylandi, jamoa olti ochkoga ega. «Real Madrid» 3 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272