Karim Benzema EChLda tarixiy natijani qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Bugun Ispaniyaning «Real Madrid» klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida Moldovaning «Sherif» klubi bilan uchrashdi va kichik hisobda imkoniyatni boy berdi (1:2). «D» guruhi uchrashuvi Madriddagi («Ispaniya») «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tdi. Madridliklarning yagona goliga Karim Benzema mualliflik qildi.
Shu tariqa, frantsuz futbolchisi Chempionlar Ligasida ketma-ket 17-mavsumda gol urdi. Birinchi marta Benzema 2005/2006 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi o'yinida 1-to'pini raqib darvozasiga kiritgandi. E'tiborli tomoni, bunday natijaga ilgari hech kim erishmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270