Saloh ushbu natijaga erishgan uchinchi afrikalik futbolchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

«Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi guruh bosqichi «Portu»ga qarshi o'yinida hisob ochilgan golni kiritdi. Bu to'p misrlik uchun Chempionlar ligasi o'yinlaridagi 30-to'p bo'ldi.
Salah turnirda 30 ta gol urgan uchinchi afrikalik to'purar bo'ldi, deb xabar beradi Opta nashri. Kamerunlik Samuel Et'O ham shuncha gol urgan bo'lsa, ivuarlik Dide Drogba Chempionlar Ligasida 44 ta gol urgan.
Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turining «Milan» ga qarshi uchrashuvida ham Saloh gol urgandi. «Portu» bilan uchrashuv hujumchi uchun turnirdagi 60-uchrashuv bo'ldi. Uning hisobida 30 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260