Bellingem Mbappe va Kovachichni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140
Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Marko Roze Chempionlar Ligasi doirasidagi «Sporting»ga qarshi o'yinda jamoasining asosiy tarkibini e'lon qildi. Boshlang'ich tarkibdan yosh va iqtidorli futbolchi Jud Bellingem ham joy oldi va angliyalik bu orqali EChL tarixidan joy oldi.
Gap shundaki, ingliz futbolchisi Evropaning eng nufuzli turnirida 10ta o'yin o'tkazgan eng yosh futbolchiga aylanadi, deb xabar beradi Opta statistik portali. Bellingem ayni paytda 18 yosh-u 91 kunlik. Avvalgi rekordchi Mateo Kovachich edi. Xorvat futbolchisi 18 yosh-u 212 kunligida shunga o'xshash ko'rsatkichga erishgan.
Shuningdek, ro'yxatning kuchli beshligida Vensan Kompani, Kilian Mbappe va Sesk Fabregas ham bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273