Nomi oshkor qilinmagan BAA kompaniyasi «Barselona»ning qarzlarini to'lab bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Yaqin kelajakda «Barselona»ning moliyaviy ahvoli sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin. Spanish Sport nashrining xabar berishicha, Dubayning nomi oshkor qilinmagan kompaniyasi «Barselona»ning bir yarim milliard evrolik qarzini to'lab berishga tayyorligini xabar qilgan. Shartnoma shartlariga ko'ra, Kataloniya klubi to'langan pulni ikki yil davomida qayta to'lab berishi talab qilinadi. Shuningdek, bu muddat hatto 12 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Ammo, boshqa ispan manbalari esa, «Barselona»ga bunday taklif borligini rad etmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» 29 Sentyabr kuni EChL doirasida «Benfika»ga qarshi 2-tur uchrashuvini o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229