«Arsenal» etakchisi ikki oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

«Arsenal» yarimhimoyachisi Granit Jaka «Tottenxem»ga qarshi kechgan Shimoliy London derbisida jarohat oldi. Jurnalist Andreas Byoni o'zining tvitterdagi sahifasida shveytsariyalik futbolchiga qanday tashxis qo'yilganligini ma'lum qildi. Ma'lum bo'lishicha, Granitning o'ng tizzaning ichki ligamenti yorilgan. Bu shuni anglatadiki, Jaka kamida 6 haftadan, 8 haftagacha maydonga tusha olmaydi.
Qayd etilishicha, Granit Jaka vaziyatga oydinlik kiritish uchun hali ham yangi tekshiruvlardan o'tadi.
2021/2022 yilgi mavsumda Granit Jaka «Arsenal» safida 5 ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227