Eldor Shomurodov jamoadaoshi Xames Rodriges klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

«Roma» yarimhimoyachisi Stiven N'Zonzi «Al-Rayyan»ga o'tdi, deb xabar beradi arab klubi matbuot xizmati tvitterda.
Tomonlar 2023 yilgacha shartnoma imzoladilar. OAV ma'lumotlariga ko'ra, Qatarda N'Zonzi har mavsumda taxminan 3 million evro oladi. Avvalroq, «Al-Rayyan» Evropaning yana bir mashhur futbolchisi - «Everton» futbolchisi Xames Rodriges bilan shartnoma imzolagandi
N'Zonzining «Roma» bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha hisoblangan. Klub Stivenni yangi mavsum rejalariga kiritmagan, u o'tgan mavsumni «Renn» klubida ijarada o'tkazgan.
N'Zonzi 2018 yilning avgustidan buyon «Roma»da o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Stiven «Roma» tarkibida 39 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.


Bosh sahifaga
232