Angliya futbol afsonasi hayotdan ko'z yumdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Sobiq Angliya terma jamoasi va "Liverpul" klubi afsonaviy futbolchisi Robert Xant hayotdan ko'z yumdi. U 83 yoshda bo'lgan. Ma'lumot "Liverpul" klubi tomonidan tasdiqlandi. Xant mersisaydliklar safida 492 marta maydonga tushgan va 285 ta golga mualliflik qilgan.
Shuningdek, u milliy jamoada 34 marta maydonga tushgan va 18 marta raqib darvozasini ishg'ol etishga erishgan. Robert 20 yoshidan boshlab "Liverpul" safida harakat qilgan va ikki marta mamlakat chempioni va 1965 yilgi FA kubogi sohibi bo'lgan edi.
1966 yilgi Jahon chempionatida esa Angliya safida 3 ta golga mualliflik qilgan va jamoasini chempionlik sari etaklagan. (1938-2021)
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241