Londonliklar Ingsni jamoasiga chorlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

«Aston Villa» hujumchisi Denni Ings yozda «Tottenxem»ga o'tishga yaqin, deb xabar beradi The Telegraph.
Manba bergan xabarga ko'ra, «shporlar» futbolchini qo'lga kiritishga avval ham urinib ko'rgan, biroq rahbariyat so'nggi lahzalarda asosiy e'tiborini himoya chizig'ini mustahkamlashga qaratgandi.
Ilgari «Sautgempton»da o'ynagan Ings «avliyolar»ning taklif etgan yangi shartnomasini bir necha bor rad etdi. U turnir jadvalining yuqori qismidagi klubga o'tishni xohlashini bir necha bor ta'kidladi.
Natijada, futbolchi uchun kurashda «Aston Villa» g'olib chiqdi, u ingliz uchun deyarli 30 million evro to'ladi.
Yangi klubi tarkibida Ings Premer-ligada oltita o'yin o'tkazdi va ikkita gol urib, ikkita golli uzatma bergan.

Bosh sahifaga
231