«Liverpul» va «Manchester Yunayted» «Milan» futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

«Milan» yarim himoyachisi Frank Kesse faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi 90min.
Manbaga ko'ra, «Liverpul» va «Manchester Yunayted» 24 yoshli ivuarlik futbolchini o'z saflariga qo'shib olmoqchi. Xabar qilinishicha, mankunianliklar yarim himoyachini Pol Pogba, agar u jamoani tark etsa, uning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rib chiqmoqda.
O'tgan mavsumda Kesse 50 ta o'yinda maydonga tushib, 14 gol va 6 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 55 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208