Loris: «Buni ikki yoki uch oyda qilish mumkin emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

«Tottenxem» darvozaboni Ugo Loris «Arsenal» bilan bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hamma murabbiyga birdaniga barchasini o'zgartirish oson emas. Eshpiritu jamoaga o'z g'oyalarini olib keldi va futbolchilar bilan asta-sekinlik bilan munosabatlarni o'rnatdi.
Biz yangi rejalarni boshlayotganimiz aniq. Bu yangi jarayon, yosh futbolchilar bilan yangi davr degani. Buni ikki yoki uch oyda qilish mumkin emas. Vaqt kerak. Biz bu yo'lda birtan bo'lishimiz kerak», - deydi Loris.
E'tiborlisi, «Tottenxem» Angliya chempionatining so'nggi uch uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi va jadvalning birinchi pog'onasidan o'n birinchi o'ringa tushib ketdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219