Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasiga taklif etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Shvetsiya terma jamoasi murabbiylar shtabi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida oktyabr oyida bo'lib o'tadigan o'yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ham terma jamoa yig'iniga taklif etildi. 39 yoshli forvard joriy mavsumda "rossoneri" safida bitta o'yinda ishtirok etdi. U uzoq davom etgan tiklanish tufayli 12 sentyabr kuni "Latsio"ga qarshi bahsda ilk marta maydonga tushdi, ammo o'sha o'yinda jarohat olib, safidan chiqdi. Hozirda u mazkur jarohatidan sog'aydi.
Shvetsiya terma jamoasi 9 oktyabr kuni Kosovo, 12 oktyabr kuni Gretsiyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215