"Rossonerilar" "matraschilar"ga qarshi: "Milan" - "Atletiko" (prevyu)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165
42
Musobaqa: UEFA Chempionlar Ligasi(guruh bosqichi)
O'yin vaqti: 2021 yil, 28 sentyabr, seshanba
O'tkazilish joyi: Italiya, Milan, "San-Siro" o'yingohi
Bosh hakam: Junayd Chaqir(Turkiya)
O'yin starti: mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 00:00)

Italiyaning boy tarixga ega bo'lgan "Milan" klubi seshanba kuni oqshom so'nggi etti yil ichida ilk marotaba o'z uyida EChL bahsiga mezbonlik qiladi. Turning ikkinchi bahsi "Atletiko" bilan o'tkazilishi belgilangan. Milanliklar ushbu uchrashuvga ichki chempionatning 6 turida 5 ta g'alaba bilan etib keldi. Ammo "Liverpul"ga qarshi ilk turda mehmonda jamoa mag'lub bo'lgan edi. "Milan" ustozi Stefano Pioli o'yindan oldingi matbuot anjumanida o'z shogirdlari va Evropada top sanalgan klublar orasida ancha farq borligiga to'xtalib o'tgandi.
"Milan" haqida
"Milan" avval aytilganidek, ichki chempionatda ketma-ket g'alaba qozonmoqda. So'nggi turda ular "Spetsiya"ga qarshi iroda ko'rsatib 2-1 hisobida o'yinni yutib ketgan edi. "Atletiko"ga qarshi o'yinda Zlatan Ibraximovich, Temue Bakayoko va Reyd Krunichlar jarohatlari sabab qatnasha olmasligi aytilgan. Oldinroq jarohatlanganlar ro'yxatida bo'lgan Simon Ker hamda Alessandro Florenzilar kecha jamoa bilan mashg'ulot o'tagan. Shuningdek, safga Davide Kalabriya va Olive Jirular ham qaytgani aytilmoqda. Xabarlarga qaraganda, Pioli Mayk Menyanni darvoza uchun asosiy variant sifatida tanlaydi. Kalabriya hamda Kyaerlarning qaytishi esa himoyani Tomori va Ernandezlar bilan mustahkamlanishini ta'minlaydi. Sandro Tonali hamda Frenk Kessi orqaroqda, Salemakers, Braim Dias hamda Rafael Leaolar hujumkorlikni ta'minlovchi futbolchilar sifatida ko'riladi. Hujumda 100 foiz tayyor bo'lmagani uchun Jiru o'rniga Ante Rebich belgilangan.
"Atletiko" haqida
Yuqorida aytib o'tilganidek, "Atletiko Madrid" jamoasi o'tgan mavsumda tarixidagi 11 chempionlikni nishonladi. Ular turnir jadvalida mavsum davomida 26 ta g'alaba, 4 ta mag'lubiyat hamda 8 ta durang bilan o'zining ashaddiy raqibi bo'lgan "Real"ni 2 ochkoga ortda qoldirishni udda qilishdi. Shunga qaramay "matraschilar" uchun yangi mavsum kutilganidek boshlanmadi. Xususan, EChL birinchu turida "Portu" bilan durangga imzo chekishdi. Baribir "Atletiko" katta tajriba egasi va istalgan paytda o'z darajasi bilan ko'rinish bera oladi. Klub markaziy himoyachisi Stefan Savichning Evrokuboklar uchun qo'llanilgan disvalifikatsiyasi hali yakunlanmagan. Shu sabab bugungi o'yinda ko'p ehtimol uning o'rnini Xose Ximenez egallaydi. Simone bu mavsumda uchtalik emas, balki to'rttalik himoyachi strategiyasidan foydalanmoqda.
Jamoaning asosiy futbolchisi Toma Lemar 2 haftalik jarohatini tuzatib, yana safga qaytgan. Hujumchi Joao Felishda jarohat yo'q edi, ammo unda ham disvalikfikatsiya borligi sabab so'nggi ikkita La liga bahsida jamoasiga yordam bera olmagan.

Bu juftlik Evropada o'ziga yarasha massaga ega bo'lgan jamoalardan iborat. Ispaniya vakili italiyaliklardan natija borasida ustun sanaladi. Negaki, "matraschilar" Italiya klublariga qarshi ijobiy statistikaga ega. Xususan, "Milan"ga qarshi ham. Ikki tomon oxirgi marta 2013-2014 yilgi mavsumda, EChL nimchorak finalida to'qnash kelishgan. O'shanda Diego Simone shogirdlari o'z uyida 4-1, mehmonda esa Kostaning goli evaziga, umumiy hisobda 5-1 bilan "rossonerilar"ni yanchib tashlagan. Aynan ana shu bahs "Milan"ning EChLdagi so'nggi chiqishi bo'lgandi. Bugungi to'qnashuvda milanliklar o'ch olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lishadi.

Tahminiy tarkiblar:
"Milan" uchun:
Darvozada: Mayk Menyan;
Himoyada: Kalabriya, Ker(Romanoli), Tomori, Ernandez;
Tayanch y,h: Tonali, Kessi;
Hujumkor y,h: Salemakers, Diaz, Leao;
Hujumda: Rebich(Jiru). (4-2-3-1)
"Atletiko" uchun:
Darvozada: Yan Oblak;
Himoyada: Tripper, Ximenez, Ermoso, Lodi;
Yarim himoyada: Lorente, Kondogbia, Koke, Karrasko
Hujumda: Korrea, Suares. (4-4-2)
Ushbu bahsni bugun soat 23:50dan boshlab, MTRK tarkibidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.
Jaloliddin ISMATOV tayyorladi
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
244